Biz bug bounty loyihasini e'lon qilamiz
AngelDevs bug bounty dasturi — xavfsizlik tadqiqotchilarini platformamizdagi zaifliklarni aniqlash va yaxshilashga hissa qo‘shishga taklif qiladi.

AngelDevs bug bounty dasturiga xush kelibsiz. Ushbu dastur platformamiz xavfsizligini mustahkamlash maqsadida mustaqil xavfsizlik tadqiqotchilari va dasturchilar bilan hamkorlik qilish uchun yaratilgan.
Biz foydalanuvchilar ma’lumotlari maxfiyligi va tizim yaxlitligini yuqori darajada himoya qilishga intilamiz. Shu sababli, dastur doirasida faqat ruxsatsiz kirish (unprivileged access) va ma’lumotlar sizib chiqishi (data leakage) bilan bog‘liq zaifliklar qabul qilinadi.
Qamrov (Scope)
angeldevs.uz domeni va unga tegishli barcha subdomenlar
Web va mobil ilovalar
API endpointlar
Ruxsat etilgan testlar (faqat quyidagilar doirasida)
Autentifikatsiya va avtorizatsiya zaifliklari (faqat ruxsatsiz kirishga olib keladigan holatlar)
Access control xatoliklari (masalan, IDOR)
Ma’lumotlar sizib chiqishiga olib keluvchi zaifliklar
Ta’qiqlangan faoliyatlar
Ma’lumotlarni o‘zgartirish, buzish yoki o‘chirish
Foydalanuvchi hisoblariga zarar yetkazish yoki ularni egallab olish
DDoS yoki xizmatni izdan chiqarishga qaratilgan hujumlar
Ijtimoiy muhandislik (social engineering)
Tizimga zarar yetkazuvchi yoki xizmatni beqaror qiluvchi har qanday faol ekspluatatsiya
Hisobot talablari
Aniq va qayta tiklanadigan (reproducible) PoC
Qadam-baqadam tushuntirish
Qanday qilib ruxsatsiz kirish yoki data leakage yuz berayotganini aniq ko‘rsatish
Zarur bo‘lsa, screenshot yoki video dalillar
Mukofot (Reward)
Mukofot faqat ruxsatsiz kirish (unprivileged access) yoki ma’lumotlar sizib chiqishi (data leakage) aniq isbotlangan zaifliklar uchun beriladi.
Biz barcha hisobotlarni ko‘rib chiqamiz va mas’uliyatli ochiqlik (responsible disclosure) tamoyillariga amal qilamiz.
Muddat: Ushbu e’lon chiqqanidan boshlab 3 kun.
Maqola muallifi